«so‘x tumani» tegli maqolalar


O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi avariyada 9 kishi halok bo‘ldi
21 may 2022, 18:31

O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi avariyada 9 kishi halok bo‘ldi

O‘zbek-qirg‘iz chegarasida yirik YTH sodir bo‘ldi. Buldozer ortilgan avtotreyler haydovchisi chegara o‘tkazish punktida turgan 12 ta avtomobilga borib urildi. IIV 9 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

So‘x aeroportiga sinov parvozi amalga oshirildi
1 noyabr 2021, 17:10

So‘x aeroportiga sinov parvozi amalga oshirildi

Farg‘ona xalqaro aeroportidan So‘x tumanidagi yangi aeroportga dastlabki sinov parvozi amalga oshirildi. Humo Air aviakompaniyasiga qarashli layner parvozi 40 daqiqani tashkil qildi.

So‘x aeroporti tez kunlarda foydalanishga topshiriladi
18 oktabr 2021, 11:59

So‘x aeroporti tez kunlarda foydalanishga topshiriladi

Farg‘ona viloyati hokimi So‘x tumanida qurilish ishlari yakunlanayotgan yangi aeroportni borib ko‘rdi. 7 gektar maydonda joylashgan aerodrom loyihasi avvaliga 12 mlrd so‘mga baholangan edi, qurilish yakuni bo‘yicha budjetdan 6,8 mlrd so‘m ajratilgani aytilmoqda.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston bahsli chegara hududlarini xatlovdan o‘tkazishga kelishib olishdi
26 mart 2021, 16:31

O‘zbekiston va Qirg‘iziston bahsli chegara hududlarini xatlovdan o‘tkazishga kelishib olishdi

Qirg‘iz-o‘zbek chegaralaridagi barcha bahsli hududlar hal qilindi, deya ta’kidladi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev. Uning aytishicha, ikki mamlakat delegatsiyalari Toshkentda bu to‘g‘risida kelishuvga erishgan. Tomonlarning qanday shartlar asosida kelishuvga erishgani ham ma’lum qilindi.

«So‘x voqealari» ishtirokchilariga nisbatan sud hukmi o‘qildi
18 mart 2021, 16:32

«So‘x voqealari» ishtirokchilariga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Farg‘ona viloyat sudida 22 nafar «So‘x voqealari» ishtirokchilariga nisbatan sud jarayoni yakuniga yetib, sud hukmi o‘qildi. Ularning barchasi Jinoyat kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) bo‘yicha aybdor deb topilib, 5, 4 va 2 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish hamda ozodlikni cheklash jazolari tayinlandi.

O‘zbekiston va Kirg‘iziston chegara masalalarini uch oy ichida hal qilish niyatida — Shavkat Mirziyoyev
11 mart 2021, 23:29

O‘zbekiston va Kirg‘iziston chegara masalalarini uch oy ichida hal qilish niyatida — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston va Kirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya qilish masalalarini uch oy ichida hal etish belgilanmoqda, deya bayonot berdi Shavkat Mirziyoyev. “Odamlar [yechimini] kutayotgan ba’zi masalalarni biz yaqin kelajakda aniq hal etamiz. Byurokratiyasiz, fuqarolarimizga qulay va yaxshiroq bo‘lishi uchun jiddiy mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishga qaror qildik”, — deya ta’kidladi davlat rahbari.

So‘xda aerodrom qurilishi boshlandi
8 fevral 2021, 12:44

So‘xda aerodrom qurilishi boshlandi

Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida aerodrom qurilishi boshlandi. 4,5 gektar yer maydonida quriladigan aerodromning uchish va qo‘nish maydonchasi 650 metr uzunlikka ega bo‘ladi. Loyiha qiymati 12 mlrd so‘mga baholangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting